Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barcha yangi kasallanish va o‘limlar poytaxtda qayd etildi

Barcha yangi kasallanish va o‘limlar poytaxtda qayd etildi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 29-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41160 (+93) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 93 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli M.X. (erkak), Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli A.Sh. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 287 nafar, Toshkent viloyatida 103 nafar, Buxoro viloyatida 10 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Qorqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Namangan viloyatida ham 2 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 38359 (+412) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2492 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring