Besh yuzga yaqin kishida kasallik aniqlandi. 3 nafar bemor vafot etdi

2021-yil 2-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 112130 (+482) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 38 nafari Andijon viloyatida,
- 45 nafari Buxoro viloyatida,
- 29 nafari Jizzax viloyatida,
- 13 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 8 nafari Navoiy viloyatida,
- 25 nafari Namangan viloyatida,
- 32 nafari Samarqand viloyatida,
- 23 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 29 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 34 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 9 nafari Xorazm viloyatida,
- 47 nafari Toshkent viloyatida,
- 117 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 108404 (+395) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 745 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter