Sanoqli soatlar ichida rekord darajada ko‘p kasallik aniqlandi

2020-yil 13-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13591 (+231) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining barcha 231 nafari Toshkent shahrida (shundan 146 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 85 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 164 nafar, Namangan viloyatida 14 nafar, jami 178 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 8030 (+178) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 5498 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter