Birgina poytaxtning o‘zida 200 kishi koronavirusga chalindi

2020-yil 25-sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 392 (+211) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 200 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar: Toshkent shahrida 271, Toshkent viloyatida 81, Qashqadaryo viloyatida 35, Surxondaryo viloyatida 19, Andijon viloyatida 12, Navoiy viloyatida 10, Samarqand viloyatida 6, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 50 879 (+438) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 064 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter