Ehtiyotkor optimizm: Germaniyada koronavirus tarqalishi susaymoqda

«Germaniyada koronavirus tarqalishi susaymoqda, ammo karantin choralarini yumshatish haqida gap bo‘lishi ham mumkinmas. Infeksiya yuqtirganlar soni tinmay kamayib-ko‘payib turishiga hali bir necha hafta guvoh bo‘lamiz», — dedi Robert Kox instituti rahbari Lotar Viler.
Uning aytishicha, endi o‘lim holatlari soni oshishi kutilyapti.

Germaniya kasalxonalar jamiyati (DKG) bergan ma’lumotga ko‘ra, intensiv terapiya bo‘limlarida joylar va o‘pkaga sun’iy shamol jo‘natish qurilmalari yetarli. Kasallik aniqlangan 100 mingdan kishining 10-15 foizigina kasalxona yordamiga muhtoj. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, bu yaxshi ko‘rsatkich.
Ma’lumot uchun: Germaniya — koronavirus eng ko‘p aniqlangan 5 mamlakatning biri: 8-aprel soat 15:30 holatiga, koronavirusni yuqtirganlar soni 107,6 mingdan oshdi, sog‘ayib ketganlar — 36 ming nafar. E’tiborli jihatlardan biri Germaniyada koronavirus oqibatida o‘lim holatlari nisbatan kamligidir — hozirga kelib 2 mingdan oshdi. Solishtirish uchun: koronavirus oqibatida o‘lim holatlari Italiyada — 17,1 ming, Ispaniyada — 14,5 ming, AQShda — 12,8 ming, Fransiyada — 10,3 ming, Buyuk Britaniyada — 6,1 ming.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter