Fransiyada noxush rekord qayd etildi

Fransiyada o‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirusni yuqtirganlar soni 10 561 kishini tashkil etdi, bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda mamlakat sanitariya agentligi ma’lumotlariga tayanib «Sante Publique» xabar berdi.
Payshanba kuni Fransiyada COVID-19 bilan kasallanganlar soni bir kecha-kunduzda 9843 kishini tashkil etgandi. Shanba kuni yangi holatlarning kunlik o‘sishi ilk bor 10 minglik ko‘rsatkichdan oshdi.
Fransiyada jami 373 911 kishi koronavirusga chalingan. 30 910 kishi vafot etdi, 20 395 nafar bemor davolanmoqda.
O‘tgan hafta mobaynida 2432 kishi shifoxonaga yotqizilgan, 417 nafar bemor reanimatsiyada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter