Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkita hudud hisobiga koronavirusga chalinganlar soni ko‘paydi

Ikkita hudud hisobiga koronavirusga chalinganlar soni ko‘paydi

2020-yil 7-oktyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 788 (+91) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 49 nafari Toshkent shahrida hamda 42 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 260, Toshkent viloyatida 87, Namangan viloyatida 19, Andijon viloyatida 13, Farg‘ona viloyatida 8, Xorazm viloyatida 7, Qashqadaryo viloyatida 5, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan 56 568 (+403) nafar fuqaro  (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 728 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring