Janubiy Koreyada koronavirusga uchragani aytilgan o‘zbekistonlikka kasalxonadan javob beriladi

O‘zbekiston fuqarosi Koreya Respublikasida KOVID-19 koronavirusi bilan kasallanganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi Tegu shahri kompaniyalaridan birining ikki xodimida koronavirus aniqlanganini xabar qildi. O‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng kompaniya xodimlarining bir qismi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi ham ehtiyot chorasi sifatida karantinga joylashtirildi. Hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda va yaqinlarini bezovta qilmaslik uchun o‘z ismini aytmaslikni so‘radi.
Vatandoshimiz joylashtirilgan tibbiy muassasa bergan ma’lumotga ko‘ra hafta oxirigacha u yana bir qancha nazorat tibbiy ko‘rigidan o‘tadi va shundan so‘ng unga kasalxonadan javob berilishi mumkin.
TIV Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatimizning Seul shahridagi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a’zolariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi:
O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
(+82) 2 574-65-54, (+82) 2 577-36-60
Zokir Saidov, Siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi
(+82) 10-7281-7731
Alisher Abdusalomov, Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi
(+82) 10-3213-1972
Erkin Xodjayev, Birinchi kotib
(+82) 10-2674-7798
Akbarjon Turayev, Birinchi kotib
(+82) 10-6659-4504
Xaydar Fayziyev, Konsul, ikkinchi kotib
(+82) 10-6802-1969
Abdumannon Isanov, Attashe
(+82) 10-3213-4505
Ayubxon Abdullayev, Uzbekistan Airways AJ vakolatxonasi
(+82) 10 8718-6850
Alisher Sulaymonov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi
(+82) 10-9910-0057
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter