Janubiy Koreyada rekord darajada kam miqdorda COVID-19 holati aniqlandi

So‘nggi 24 soat ichida Janubiy Koreyada 18 ta koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu fevral oyi oxiridan beri mamlakatda eng past ko‘rsatkichdir, deb xabar beradi Janubiy Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazi matbuot xizmati.
Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda COVID-19 kasalligi tasdiqlangan holatlarning umumiy soni 10653 ga yetdi, SARS-CoV-2 koronavirusi natijasida sodir bo‘lgan o‘limlar soni mamlakatda 232 nafarni tashkil qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter