Janubiy Koreyada sutka davomida birorta koronavirus yuqtirish holati aniqlanmadi

Janubiy Koreyada SARS-CoV-2 tarqalishi kuzatila boshlaganidan beri birinchi marta mamlakatda bir sutka davomida koronavirus yuqtirishning yangi holati aniqlanmadi, deya xabar berildi Janubiy Koreyaning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari veb-saytida.
Mamlakatda jami kasallikka chalinganlar soni 10 765 nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari, so‘nggi 24 soat ichida Janubiy Koreyada COVID-19dan bitta o‘lim qayd etilgan. Vafot etgan bemorlarning umumiy soni 247 nafarga yetgan, 9059 kishi esa butunlay sog‘aygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter