JSST COVID-19 kelib chiqish versiyasi bo‘yicha bayonot berdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutasaddilari va xitoylik olimlarning birgalikdagi ilmiy faoliyati natijalariga ko‘ra, koronavirusning yangi turi ko‘rshapalaklardan odamga noma’lum oraliq hayvon orqali yuqqan bo‘lishi mumkin - bu hozirgi kungacha ishonchli nazariya. Bu haqda Gazeta.ru nashri ekspertlar xulosasiga asoslanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, mutaxassislar laboratoriyada yaratilgani taxmin etilgan COVID -19 versiyasidan voz kechishgan. Biroq, hozirda ular infeksiyaning kelib chiqishi bo‘yicha tadqiqotlarni davom ettirish niyatida.
AP agentligi olimlarning tegishli hisobotini nashr etish bir necha bor qoldirilganiga e’tibor qaratib, bu jarayon Xitoyni himoya qilish va uni pandemiya aybdori deb atamaslik uchun qilingan degan fikrga olib kelishi mumkinligini aytib o‘tmoqda.
Shunday qilib, mutaxassislar COVID -19 ko‘rinishining to‘rtta asosiy versiyasini sanab o‘tganlar. Ulardan biri koronavirusni ko‘rshapalaklardan odamlarga oraliq hayvon orqali yuqtirishdir. Taxminlarga ko‘ra, bu kaltakesaklar, mushuklar yoki qoraqo‘zanlar bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, mutaxassislar infeksiyani ko‘rshapalaklardan odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqtirishning mumkin bo‘lmagan versiyasini ham ko‘rib chiqqanlar.
Shuningdek, mutaxassislarning ta’kidlashicha, ko‘rshapalaklar muzlatilgan ovqatlarga koronavirusni «qoldirishi» mumkin.
Avvalroq Bloomberg Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari Xitoyda hayvon savdosini yangi koronavirus paydo bo‘lishining mumkin bo‘lgan sababi deb atashgani haqida xabar qilgan edi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, kasallik tarqalishidagi asosiy o‘choq Uxandagi Xuanan dengiz mahsulotlari sotiladigan bozor bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter