Koronavirus: 4 mln 112 ming aholi xavf osti guruhiga mansubligi ma’lum qilindi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekovning ma’lumot berishicha, O‘zbekistonda 4 mln 112 ming aholi xavf osti guruhiga mansub.
Nega aynan ular?
Chunki ushbu aholi qatlamining bemorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lish ehtimoli mavjud. O‘zbekistonda xavf osti guruhiga mansub aholining umumiy soni 4 mln 112 ming nafarni tashkil etadi.
Kuni kecha emlash tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridan boshlandi. Chunki aynan viloyatlar markazlari va poytaxtda lozim bo‘lish ehtimolidan kelib chiqib, malakali yordam ko‘rsata oladigan tibbiyot maskanlarining yaqinligi nuqtai nazaridan shu hududlar belgilab olindi.
Koronavirusga qarshi vaksina bilan, xavflilik darajasidan kelib chiqib, dastlab 65 yoshdan yuqori bo‘lganlar, tibbiyot xodimlari, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar emlanishi nazarda tutilgan.
May oyida tumanlar va kichik shaharlarda, iyun oyida esa respublikaning qolgan hududlarida emlash tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirilgan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter