Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus. 5-oktyabr kungi holat bo‘yicha ma’lumot berildi

Koronavirus. 5-oktyabr kungi holat bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto: «Twitter.com»

2020-yil 5-oktyabr kuni mamlakatimizda 391 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 485 nafarga yetdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Jizzax, Namangan, Buxoro, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Xorazm viloyatlarida 433 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 59 078 nafar bemordan 55 751 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 842 nafar bemordan 430 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring