Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus asoratida bosh miyada tromb paydo bo‘lsa qanday davolanadi?

Koronavirus asoratida bosh miyada tromb paydo bo‘lsa qanday davolanadi?

Foto:«IA Regnum»

AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda pandemiya bilan bog‘liq savollarga javob berildi. 

Koronavirus asoratida bosh miyada tromb hosil bo‘lsa, davolash mumkinmi?

Koronavirus infeksiyasi qon-tomirlarni jarohatlashi va shu kabi asoratlar qoldirishi tasdiqlangan. Bosh miyada tromb hosil bo‘lgan bo‘lsa, bemorning holatini to‘liq o‘rganish kerak.

Bu o‘ta xavfli bo‘lib, to‘satdan tromb qon-tomirlar yorilishini keltirib chiqarishi va bosh miyaga qon quyulishiga olib kelishi mumkin.

Shu bois bunday bemorlarga tez va kuchli harakatlar bajarish taqiqlanadi. Nevropatolog, kardiolog nazoratida bo‘lib, tegishli tekshiruvlardan o‘tish hamda davo choralarini olishlari zarur.

Turmush o‘rtog‘im koronavirus bilan kasallandi. Shifokorlarning aytishicha, u kasallikni o‘rta og‘ir darajada o‘tkazgan. Hozirda unda holsizlik, mushaklarning asabiy tortilishi va juda ko‘p esnoq kuzatilyapti. Kasallik o‘tib ketganiga 2 hafta bo‘ldi, bu uning asoratlari bo‘lishi mumkin. Nima qilishimiz kerak?

Ha, bu holat koronavirusning asorati bo‘lishi mumkin. Mazkur kasallik ba’zi insonlarda yengil yoki o‘rta og‘ir darajada o‘tmoqda. Lekin unutmasligimiz kerakki, infeksiya ichki organlar va tizimlarni shikastlaydi.

Agar turmush o‘rtog‘ingiz tuzalganidan so‘ng hali shifokorga murojaat qilmagan bo‘lsangiz, ayni paytda oilaviy shifokor, nevropotolog, kardiolog va gastroenterologga uchrash, hozirgi holatning ba’zi organlarning zararlanishi bilan bog‘liqligini aniqlash uchun bir nechta laborator-instrumental analizlarni topshirish zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring