Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligi aytildi

Koronavirusning kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligi aytildi

Yaqin kelajakda COVID-19 katta ehtimol bilan yana bir oddiy yuqumli kasallikka aylanadi, deydi Pol Xanter, Sharqiy Angliya universiteti Norvich tibbiyot maktabi professori.

«Bir necha yil ichida infeksiyalarning aksariyati asemptomatik yoki yengil bo‘ladi. Boshqacha aytganda, boshqa koronaviruslar kabi, bu oddiy kasallikka aylanadi. Haqiqatan ham ... bu alomatlar allaqachon keng tarqalgan: delta varianti odatda tomoq va burun oqishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi», — deyiladi Xanterning Spestator jurnalidagi maqolasida.

Hanter dunyo koronavirusga qarshi kollektiv immunitetga erisha olmaydi, lekin immunitet va infeksiyaning tarqalishi o‘rtasida muvozanat hosil bo‘ladi deb taxmin qildi.

Olim ko‘p koronaviruslar qishda eng faol bo‘lishini ta’kidlagan va COVID-19 qo‘zg‘atuvchisi bundan mustasno bo‘lmasligi mumkin: «biz qishki to‘lqinlarni ko‘p yillar va hatto o‘n yillar davomida kuzatamiz, lekin o‘limlar soni kamayadi.»

Professor virusning yangi variantlari oddiy hayotga qaytishda muammolar tug‘dirishini inkor etmagan, chunki ular ancha yuqumli va xavflidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring