Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqishi kamaymoqda, ammo...

Koronavirus yuqishi kamaymoqda, ammo...

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni nisbatan kamaymoqda. Kecha yurtimizda 648 nafar kishida koronavirus aniqlangan,  ammo 7 nafar bemor ushbu kasallikdan vafot etdi. Bu haqda SSV ma’lumot bermoqda.

2021 yil 3 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 159209 (+648) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 65 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 21 nafari Andijon viloyatida,
  • 12 nafari Buxoro viloyatida,
  • 18 nafari Jizzax viloyatida,
  • 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 10 nafari Navoiy viloyatida,
  • 18 nafari Namangan viloyatida,
  • 49 nafari Samarqand viloyatida,
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 14 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 52 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 14 nafari Xorazm viloyatida,
  • 106 nafari Toshkent viloyatida,
  • 243 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 151067 (+717) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1106 nafarni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring