Koronavirus yuqishi kamaymoqda, ammo...

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni nisbatan kamaymoqda. Kecha yurtimizda 648 nafar kishida koronavirus aniqlangan, ammo 7 nafar bemor ushbu kasallikdan vafot etdi. Bu haqda SSV ma’lumot bermoqda.
2021 yil 3 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 159209 (+648) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 65 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 21 nafari Andijon viloyatida,
- 12 nafari Buxoro viloyatida,
- 18 nafari Jizzax viloyatida,
- 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 10 nafari Navoiy viloyatida,
- 18 nafari Namangan viloyatida,
- 49 nafari Samarqand viloyatida,
- 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 14 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 52 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 14 nafari Xorazm viloyatida,
- 106 nafari Toshkent viloyatida,
- 243 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 151067 (+717) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1106 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter