Koronavirusdan ishonchli himoya kashf etildi

«Beth Israel Deaconess» tibbiyot markazi olimlari Ad26 adenovirusi asosida yaratilgan SARS-CoV-2ga qarshi vaksina klinik tekshiruvlargacha barqaror immun javobni chaqirishi va COVID-19ning pnevmoniya va nafas yetishmovchiligi kabi og‘ir belgilaridan ishonch himoya qilishini isbotlashdi. Bu haqda «Phys.org» press-relizida ma’lum qilingan.
Natijalari nufuzli «Nature» ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot chog‘ida mutaxassislar 52 ta rezus maymunini egasining hujayralariga koronavirusni yuqtirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydigan S-oqsilini («tikanli» oqsil) ekspressiya qiladigan o‘zgartirilgan adenovirus (Ad26)ning bir martalik dozasi yordamida immunizatsiya qildilar. Shundan so‘ng jonivorlarga burun va traxeya orqali SARS-CoV-2 yuqtirildi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Ad26 antitanachalarning barqaror neytrallashtiruvchi reaksiyasini keltirib chiqargan va SARS-CoV-2ni yuqtirgandan so‘ng nafas olish a’zolarini to‘liq yoki deyarli to‘liq himoya qilgan.
Hozirgi vaqtda vaksina klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas