Koronavirusdan so‘ng hid bilishni tiklash uchun nima qilish kerak — Abdullo Xodjayevdan maslahat

«MedSwiss» markazi vrach-otolaringologi Abdullo Xodjayev koronavirus infeksiyasini yuqtirgandan so‘ng yo‘qolgan hid bilishni qanday tiklash kerakligi haqida o‘z tavsiyalarini berdi. Bu haqda RBK yozmoqda.
Mutaxassis aytishicha, avvalo burun sohasida joylashgan nerv tolalariga havo kirishini ta’minlash kerak.
«Vazokonstriktor dorilar, tomchilardan foydalanish, burun bo‘shlig‘ini muntazam yuvish tavsiya etiladi, dengiz tuzidan namakobni o‘zingiz ham tayyorlashingiz mumkin. Xonadagi namlikning me’yorda bo‘lishiga ham e’tibor bering», — dedi mutaxassis.
Xodjayev nerv hujayralari tiklanishi uchun B guruhi vitaminlari va polivitaminlarni qabul qilish zarurligini ham ta’kidladi. Qolaversa, to‘g‘ri ovqatlanish, ko‘p suv ichish kerak va aksincha, nikotin va alkogoldan voz kechgan ma’qul.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter