Koronavirusdan tuzalganlar soni 300 nafarga yaqinlashdi

Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 5 nafar sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Sog‘ayganlarning barchasi Turkiyadan kelishgan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ulardan 2 nafari Toshkent shahridan, Qashqadaryo, Toshkent va Andijon viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 3 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 41 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.
Farg‘ona viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 6 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 11 nafarga yetdi.
Shuningdek, Buxoro viloyatidan yana 15 nafar, Xorazm viloyatidan esa 4 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Buxoroda shifo topganlarning 7 nafari Rossiyadan, 4 esa Turkiyadan charter reyslar orqali viloyatga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ulardan 11 nafari erkak, 4 nafari ayol. Bemorlarning 6 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Buxoro va 2 nafari Surxondaryo viloyatidan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.
Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 68 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 83 nafarga yetdi.
Xorazm viloyatida esa tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan kelishgan, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ulardan 3 nafari ayol, 1 nafari erkak bo‘lib, 2 nafari Buxoro viloyatidan, Samarqand va Andijon viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 27 yoshda.
Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 10 nafar bemor butkul sog‘aydi.
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 293 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter