Kunchiqar yurtda vaziyat jiddiy: noхush holatlar ko‘paymoqda

Yaponiyada koronavirus bemorlari orasida kunlik o‘lim soni bo‘yicha antirekord qayd etildi. NHK telekanali seshanba kuni 53 kishi hayotdan ko‘z yumganini xabar berdi.
Bundan oldingi noxush holat 8 va 14-dekabr kunlari qayd etilgan bo‘lib, 47 kishi olamdan o‘tgandi. Yaponiyada epidemiya boshlangandan beri jami 2715 kishi vafot etdi.
Kun davomida kunchiqar yurtda 2431 kishida COVID-19 infeksiyasi tasdiqlandi. Epidemiya boshlangandan beri fevral oyida Yaponiyaning Yokogama orolida karantinda saqlangan «Diamond Princess» kruiz kemasidagi 712 bemorni qo‘shib hisoblaganda koronavirusga chalinganlar soni 185 444 kishiga yetgan.
592 bemorning ahvoli og‘ir yoki jiddiy deb baholanmoqda. 154 178 kishi tuzalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter