Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus vaksinasi foydasiz bo‘lgan toifa haqida ma’lumot berildi

Koronavirus vaksinasi foydasiz bo‘lgan toifa haqida ma’lumot berildi

Foto: «Global Look Press»

Virusolog Anatoliy Altshteyn koronovirusga qarshi emlash natija bermaydian toifalarga oid fikrlarini bildirdi.

Avvalroq, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya markazining direktori Aleksandr Ginsburg «COVID-19»ga qarshi emlashni joriy qilish natijasida virusga qarshi mustahkam bo‘lmagan antitelalar bo‘ladigan to‘rtta guruhni aniqlagandi: qariyalar, ko‘p alkogol iste’mol qiluvchilar, stress ostida bo‘lganlar va yallig‘lanishga qarshi dorilarni qabul qiluvchilar.

Biroq, Altshteynning fikriga ko‘ra, «COVID-19» vaksinasi faqat immunitet tanqisligi bo‘lgan odamlarga foyda bermasligi mumkin.

Boshqa hollarda, odamlarni antitanachalarni ishlab chiqarish qobiliyatiga qarab ajratish juda qiyin, deydi Altshteyn. Chunki antitelalar ishlab chiqarish «sog‘liq holatiga emas, balki organizmning hech kim bilmaydigan xususiyatlariga bog‘liq».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring