Olimlar COVID-19 vaksinalarini nomukammal deya e’lon qilishdi

Koronavirusga qarshi birinchi avlod vaksinalari hamma uchun ham foyda bermasligi va infeksiyani oldini olmasligi mumkin, dedi Buyuk Britaniya hukumatining COVID-19 vaksinasi bo‘yicha ishchi guruhi rahbari Keyt Bingem.
«Vaksinalarning birinchi avlodi nomukammal bo‘lishi mumkin. Biz ularning infeksiyani oldini olmasligi, shunchaki simptomlarni kamaytirishi va shunda ham hamma uchun foyda bermasligi yoki ta’sir kuchi uzoq vaqt saqlanmasligiga tayyor turishimiz kerak», — qayd etdi Bingem.
Shuningdek, ishchi guruh rahbari Buyuk Britaniyada COVID-19ga qarshi vaksina tayyor bo‘lishi muddati hozircha noma’lumligini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter