Oltita hududda 130 kishi koronavirusni yuqtirib olgani aniqlandi

2020-yil 2-oktyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 776 (+130) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 78 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Farg‘ona viloyatida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 8 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 330, Toshkent viloyatida 91, Buxoro viloyatida 20, Samarqand viloyatida 20, Andijon viloyatida 12, Jizzax viloyatida ham 12, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7, Surxondaryo viloyatida 5, Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.
Shu tariqa yurtimizda 54 456 (+501) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 845 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 573 nafari og‘ir, 252 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter