Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltita hududda koronavirus qayd etildi

Oltita hududda koronavirus qayd etildi

Foto: Xabar.uz

2020-yil 2-oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 454 (+164) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 93 nafari Toshkent shahrida,
  • 25 nafari Namangan viloyatida,
  • 18 nafari Buxoro viloyatida,
  • 15 nafari Jizzax viloyatida,
  • 8 nafari Toshkent viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 53 955 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 027 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring