Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchilar va tarbiyachilar ham ro‘yxatga qo‘shildi

O‘qituvchilar va tarbiyachilar ham ro‘yxatga qo‘shildi

Foto: SSV matbuot xizmati

Yurtimizda koronavirusga qarshi emlanayotgan aholi qatlamlari qamrovi kengaydi. Shu paytgacha 65 yosh va undan katta fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanayotgan edi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 27 apreldan boshlab o‘rta maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolar ham vaksinatsiya jarayonlariga jalb qilindi.

Shu kunning o‘zida:

  • 9343 nafar o‘qituvchi,
  • 5298 nafar maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari,
  • 2845 nafar surunkali kasalligi borlar kornavirusga qarshi vaksina qabul qilgan.

Ilk kunda maktab o‘qituvchilarining 22 foizi AstraZeneca, 78 foizi ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan bo‘lsa, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarida bu ko‘rsatkich mos ravishda 11 va 89 foizni, surunkali kasalligi borlarda esa 23 va 77 foizni tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring