O‘zbekiston koronavirusga qarshi vaksinani qancha dozada buyurtma qilgani ma’lum bo‘ldi

AQShning Dyuk universiteti huzuridagi Global Health Innovation Center tomonidan to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusga qarshi vaksinalarning yarmidan ko‘pi allaqachon boy davlatlar tomonidan buyurtma qilib bo‘lingan. Bu haqda The Economist nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kelajakdagi COVID-19 vaksinalarining oltidan biri AQShga tomonidan sotib olinadi. Bir nafar amerikalik uchun hukumat uchta dozadan vaksina buyurgan.
Markazning tasdiqlangan buyurtmalar haqidagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston bir kishi uchun bir doza koronavirusga qarshi vaksinaga buyurtma bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter