Koronavirus: O‘zbekistonda aprel oyidagi eng past ko‘rsatkich qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni bo‘yicha so‘nggi bir oy ichidagi eng past ko‘rsatkich qayd etildi.
26-aprel sanasida dastlab soat 10:00 holatiga ko‘ra uch kishida kasallik aniqlangan bo‘lsa, soat 18:00 holatida yana to‘rt kishi bemorlar ro‘yxatiga qo‘shildi. Kunlik ko‘rsatkich 7 nafarni tashkil etdi. Bu deyarli so‘nggi bir oydagi eng past holat: 1 apreldan buyon mamlakatda har kuni o‘nlab kasallanganlar aniqlanayotgandi.
Qayd etish lozim, bugunning o‘zida 82 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirusdan butunlay sog‘ayganlar soni 789 nafarni tashkil etdi. Natijalardan taxmin qilish mumkinki, yana 2-3 kun ichida O‘zbekistonda bemorlarning teng yarimi sog‘ayishga ulguradi.
Shuningdek, COVID-19ga chalingan bemorlarning ko‘rsatkichi bo‘yicha ham hozircha eng yaxshi natijaga ega mamlakatlar qatorida turibmiz. Buni quyidagi solishtirma jadvaldan ko‘rish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter