O‘zbekistonda pandemiya xavfi kamaydi – shtab a’zosi

Mamlakatimizda pandemiya xavfi nisbatan kamaygani bois koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan shug‘ullanadigan muassasalar soni qisqartirilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida epidemiologik vaziyatning barqarorlashayotgani inobatga olinib, «O‘zekspomarkaz»ning 3- va 4-pavilionlaridagi saralash va taqsimlash markazi va «Universal» sport majmuasidagi saralash va taqsimlash markaziga koronavirusga chalingan va unda gumon qilingan bemorlarni qabul qilish to‘xtatilgandi. Bu muassasalarda davolanayotgan bemorlar Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonalariga ko‘chiriladi.
Vaqtinchalik shifoxonalarda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan mehnat shartnomalari tegishli tartibda bekor qilinib, ular avvalgi ish joylariga qaytariladi.
Hozirda mamlakatimizda pandemiya xavfi nisbatan kamaygani tufayli koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan shug‘ullanadigan 159 ta tibbiyot muassasasidan faqat 32 tasi faoliyat yuritmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter