Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga yaqinlashmoqda

Qoraqalpog‘iston koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga yaqinlashmoqda

Foto: Xabar.uz

Ayni soatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Sog‘ayganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 43, yoshi kichigi esa 35 yoshda. Hududlar kesimida olidigan bo‘lsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatidan 2 nafardan, Samarqand viloyatidan 1 nafar.

Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 133 ta holatda kasallik qayd etilgan bo‘lsa, ularning 122 nafari sog‘aygan edi. Endilikda koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 127 nafarga yetdi. Hozirda shifokorlarimiz ushbu xududda davolanayotgan 6 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.

Shunday qilib, bugun 34 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2728 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring