Samarqand IIB shaharda qayta o‘rnatilgan cheklovlarni eslatdi

Avvalroq koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida 2020-yil 13-maydan e’tiboran Samarqand shahrida karantin choralari kuchaytirilishi xabar qilingandi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati karantin davridagi cheklovlarga aniqlik kiritdi:
- 13-may soat 6:00dan boshlab avval joriy qilingan soat ertalab 07:00dan-10:00gacha hamda 17:00dan-20:00gacha shaxsiy transport vositalarida harakatlanish ham cheklanadi.
- Shahar hududiga kirishda o‘rnatilgan 25ta to‘siq postlar yanada kuchaytirilgan tartibda xizmat olib boradi.
- Shahar hududiga maqsadsiz kirish to‘xtatiladi.
- Shahar hududida tegishli idoralarni jalb qilgan holda reyd tadbirlari yanada kuchaytiriladi.
- Ko‘chada bemaqsad yurgan barcha fuqarolar IIB binosiga olib kelinib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.
- Tungi va kunduzgi reydlar shaharning har bir hududida olib boriladi.
Oziq-ovqat savdo do‘konlari, dorixonalar va dehqon bozorlari faoliyatiga ruxsat beriladi.
- Bundan boshqa barcha xizmat turlari cheklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter