Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand IIB shaharda qayta o‘rnatilgan cheklovlarni eslatdi

Samarqand IIB shaharda qayta o‘rnatilgan cheklovlarni eslatdi

Foto: Xabar.uz

Avvalroq koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida 2020-yil 13-maydan e’tiboran Samarqand shahrida karantin choralari kuchaytirilishi xabar qilingandi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati karantin davridagi cheklovlarga aniqlik kiritdi:

  • 13-may soat 6:00dan boshlab avval joriy qilingan soat ertalab 07:00dan-10:00gacha hamda 17:00dan-20:00gacha shaxsiy transport vositalarida harakatlanish ham cheklanadi.
  • Shahar hududiga kirishda o‘rnatilgan 25ta to‘siq postlar yanada kuchaytirilgan tartibda xizmat olib boradi.
  • Shahar hududiga maqsadsiz kirish to‘xtatiladi.
  • Shahar hududida tegishli idoralarni jalb qilgan holda reyd tadbirlari yanada kuchaytiriladi.
  • Ko‘chada bemaqsad yurgan barcha fuqarolar IIB binosiga olib kelinib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.
  • Tungi va kunduzgi reydlar shaharning har bir hududida olib boriladi.

Oziq-ovqat savdo do‘konlari, dorixonalar va dehqon bozorlari faoliyatiga ruxsat beriladi.

  • Bundan boshqa barcha xizmat turlari cheklanadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring