Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2158 nafarga yetdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Tuzalganlarning biri (35 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lib, Qozog‘istondan kelgan, ikkinchisi esa (36 yoshli erkak) Samarqand viloyatidan bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan. Ikkisi ham karantinga olingan va koronavirus infeksiyasi aniqlanishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 110 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 112 nafarga yetdi hamda ushbu hududda hozirda 8 nafar bemor davolanmoqda.
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2158 nafarni tashkil qilmoqda
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter