Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV statistikasi: Kasallanish kamaymoqda

SSV statistikasi: Kasallanish kamaymoqda

So‘nggi kecha kunduzda yurtimizda yana 500 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, kasallikdan 6 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yil 24 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 171588 (+508) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 36 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 9 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 52 nafari Samarqand viloyatida,
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 15 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 21 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 98 nafari Toshkent viloyatida,
  • 226 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 166013 (+731) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1218 nafarni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring