Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Statistikaga ishonch yo‘q. Mana, Samarqanddagi ahvol...

Statistikaga ishonch yo‘q. Mana, Samarqanddagi ahvol...

Foto: Xabar.uz

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida bloger va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani uyushtirilgani xabari berilgandi.

Tadbirda pandemiya sabab 10 trln. so‘m byujdetga ega Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilgani, uning mablag‘lari maqsadli sarf etilishi borasida jamoatchilikda paydo bo‘layotgan mantiqli shubhalar xususida ham gap bo‘ldi.

Agentlik rahbarining ma’lum qilishicha, jamg‘arma mablag‘larini maqsadli sarf etilishini o‘rganish jarayonida 50 dan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Bunday noqonuniy holatlar Sanitariya-epidemologiya xizmati, sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida ko‘proq uchramoqda. Samarqand viloyati misolida o‘rganilganda 2 mlrd. 600 mln. so‘mdan ziyod mablag‘lar noto‘g‘ri sarflangani va talon-toroj qilingani ma’lum bo‘lgan.

Koronavirus bilan kasallanishga oid statistikaga ham ishonch yo‘q. Masalan, 5 oktyabr holatiga ko‘ra, viloyatda 2160 nafar fuqaro kasallangani, ularning 2017 nafar sog‘aygani aytiladi. Vaholanki, ayni paytda viloyatda 1150 nafar fuqaro ayni kasallikdan aziyat chekmoqda...

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi yaqinda statistika bilan bog‘liq shubhalarni inkor etib, kasallarning sonini yashirishdan ma’no yo‘q ekanini bildirgandi. Bugungi tadbir kasal yashirilsa, isitmasi oshkor qilishini yana bir karra tasdiqladi-qo‘ydi.

Alisher Shodmonovga salomlar bo‘lsin...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring