Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda yana bir cheklov joriy etildi

Tojikistonda yana bir cheklov joriy etildi

Foto: sportsdaily.ru

Qo‘shni Tojikistonda futbol bo‘yicha barcha musobaqalar 10-mayga qadar to‘xtatildi. Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tojikiston futbol federatsiyasi COVID-19 koronavirusi profilaktikasi bo‘yicha Respublika shtabining mamlakatda barcha ommaviy va sport tadbirlarini to‘xtatib turish qarorini qo‘llab-quvvatlab, barcha futbol musobaqalarini to‘xtatish qaroriga kelgan.

Shunday qilib, Tojikiston chempionatining 4-turidan o‘rin olgan bahslardan so‘ng (26-aprel kungi) barcha o‘yinlar 10-mayga qadar o‘tkazilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistondagi barcha maktablar, bolalar bog‘chalari, kollejlar va maktablarda 27-apreldan 10-maygacha vaqtincha ta’til e’lon qilingani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring