Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtta hududda koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

To‘rtta hududda koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

Illyustrativ foto

2020-yil 25-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 755 (+102) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 48 nafari Toshkent shahrida, 32 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Namangan viloyatida hamda 5 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 174 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring