Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksinalarning haqiqiy narxlarini endi hamma biladi

Vaksinalarning haqiqiy narxlarini endi hamma biladi

Illyustrativ foto

Belgiyada yuqori lavozimli rahbar hukumat kovidga qarshi sotib olgan vaksinalarning narxlari haqidagi maxfiy ma’lumotni bexosdan hammaga oshkor qilib qo‘ydi.

HLN (Belgiya) axborot portali yozishicha, budjet va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha davlat kotibi Yeva de Bleyekar yozgan tvitda hukumat sotib olgan vaksinalarning qiymatlari hamda Belgiya bular uchun ishlab chiqaruvchilarga qancha mablag‘ to‘lashi ko‘rsatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Belgiya bu yil 33 millionta vaksina xarid qiladi va hukumat buning uchun 280 million yevro sarflaydi. Tvitga ilova qilingan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, «AstraZeneca» vaksinasining bitta dozasi — 1 yevro 78 sent. Bu vaksinalarning eng arzoni. Eng qimmat vaksina «Moderna» — bitta dozasi 18 dollar turadi.

Ta’minotchilar bilan kelishuvga muvofiq, Yevrokomissiya vaksinalarning narxlarini sir tutish majburiyatini olgan, shu bois yuqoridagi tvitni darhol o‘chirib tashlashdi. Ammo ma’lumot tarqalishga ulgurdi, vaksinalarning haqiqiy narxlarini endi hamma biladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring