Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Virusologlar COVID-19 yana qaytadan avj olishi mumkinligini aytdi

Virusologlar COVID-19 yana qaytadan avj olishi mumkinligini aytdi

Italiya molekulyar genetika instituti (IGM) direktori va virusologiya bo‘limi boshlig‘i Jovanni Maga, kelayotgan kuz-qish mavsumi Yevropada yangi COVID-19 avj olishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda «Izvestiya» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftada Yevropa Ittifoqining umumiy epidemiologik holatida kasallikning pasayishi va o‘lim ko‘rsatkichining sekinlashishi kuzatilgan. Biroq, virusolog sovuq mavsum va o‘quv yilining boshlanishi koronavirusning yangi to‘lqiniga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, faqat emlash sog‘liqni saqlash tizimidagi yukni yengillashtiradi va o‘lim darajasini kamaytiradi.

«Kundan-kunga yuqumli shtammlar chiqar ekan, emlash ishlari olib borilmaganida o‘ta og‘ir ahvolda bo‘lardik. Hatto ahvol bir yil oldingidan yomonroq bo‘lishi mumkin edi»,— deydi Maga.

Mario Negri nomidagi Farmakologik tadqiqotlar instituti epidemiologi Antonio Klavenna hamkasbining yangi epidemiya ehtimoli haqidagi fikriga qo‘shildi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada navbatdagi qattiq karantin choralari yuzaga kelishi dargumon.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring