Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana uch kishida koronavirus tasdiqlandi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Yana uch kishida koronavirus tasdiqlandi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Foto: «Pressball»

2020-yilning 15-mart kuni Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar bergandik.

Ushbu bemor bilan birga muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari ham respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizilgan. Mutaxassislar tomonidan ularga tibbiy nazorat o‘rnatilib, ixtisoslashgan laborator tahlildan o‘tkazilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, tahlil natijalari bemorning o‘g‘li va qizida koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatdi.

Shuningdek, shu yilning 15-mart kuni soat 05:15 da O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasiga qarashli Istanbul — Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham ushbu infeksiya aniqlangan. Laborator tahlil respublika Virusologiya ilmiy tekshirish institutida o‘tkazilgan.

Xabarga ko‘ra, hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring