Yaponiya hukumati aholini koronavirusga qarshi vaksina bilan ta’minlaydi

Yaponiya hukumati mamlakatning barcha fuqarolarini COVID-19ga qarshi vaksina bilan ta’minlamoqchi. Buni 2021-yilning o‘rtalarigacha amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi «TASS».
Ushbu chora koronavirusga qarshi kurashishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar to‘plamiga kiritilgan.
Britaniya-Shvetsiyaning «AstraZeneca» hamda Amerikaning «Pfizer» farmatsevtika kompaniyalari bilan 120 mln doza eksperimental vaksinalar yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolangan. Yaponiya hukumati yana beshta xorijiy kompaniya bilan muzokaralar olib bormoqda.
Bundan tashqari, Yaponiyada o‘zlarining vaksinalarini ishlab chiqish va test o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Faqat ular chet el vaksinalariga qaraganda kechroq bozorga chiqishi, miqdori esa cheklangan bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter