Yaqin soatlar ichida ikkita hududda 176 kishida koronavirus aniqlandi

2020-yil 29-sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 252 (+184) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 248, Toshkent viloyatida 106, Andijon viloyatida 12, Samarqand viloyatida 10, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9, Qashqadaryo viloyatida 7, Farg‘ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi.
Shu tariqa yurtimizda 52 859 (+393) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 928 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter