«Yashil» va «sariq» hududlarda ochiq sayilgohlarga ruxsat beriladi

Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq ertaga «yashil» va «sariq» hududlarda bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, aholiga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 22 mayidan boshlab:
➖ ochiq sayilgoh,
➖ muzey,
➖ san’at galereyalari
ish boshlashi mumkin.
Ammo o‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.
Bunda, koronavirus infeksiyasi ikkinchi to‘lqinini oldini olish maqsadida ushbu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilarn tana xaroratlarini o‘lchangan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida bo‘lishlari (niqob), shuningdek, tashrif buyuruvchilar 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlashlari talab etiladi.
Bundan tashqari, ushbu maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlarini oldini olish bo‘yicha mazkur sayilgoh, ko‘ngil ochar maskan va muzeylar rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter