Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda kasallanganlar soni yana yuztaga ko‘paydi

Yurtimizda kasallanganlar soni yana yuztaga ko‘paydi

Foto: «Pixabay.com»

2020-yil 6-oktyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 443 (+100) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 76 nafari Toshkent viloyatida, 24 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 254, Toshkent viloyatida 92, Namangan viloyatida 17, Andijon viloyatida 12, Qashqadaryo viloyatida 10, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 10, Farg‘ona viloyatida 8, Surxondaryo viloyatida 6, Navoiy viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.

Shu tariqa yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan 56 165 (+414) nafar fuqaro (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2789 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring