Chet tillarini o‘rganishni necha yoshdan boshlash kerak?

Amerikalik olimlar yaxshi natijaga erishish uchun chet tillarini necha yoshdan o‘rganishni boshlash kerak, degan savolga javob berishdi. Ular buning uchun turli jins, yosh va millat vakillaridan iborat 670 ming nafar ko‘ngillining ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi. Sinovda qatnashganlarning eng kichigi — 10, eng kattasi — 70 yoshda. Tadqiqot natijalari «Cognition» jurnalida chop etildi.
Aniqlanishicha, xorijiy til bolalikda — o‘n yoshgacha bo‘lgan davrda yaxshi o‘zlashtirilar ekan. Albatta, yoshi ulug‘larda ham ham til o‘rganish qobiliyati saqlanib qoladi, biroq chet tilini asl til egalari darajasida o‘zlashtirish uchun harakatni bolalikda boshlash zarur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter