Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning yo‘qolib borayotgan 10 obidasi (foto)

Dunyoning yo‘qolib borayotgan 10 obidasi (foto)

An’anaviy yahudiy uylari. Buxoro, O‘zbekiston

Jahon yodgorliklarni muhofaza qilish jamg‘armasi (World Monuments Fund) sayyoramizdagi yo‘qolib xavfi ostida qolgan 25 ta tarixiy ob’yekt ro‘yxatini e’lon qildi.

Ikki yilda bir marta taqdim etiladigan hisobotga, odatda, tabiiy ofatlar, urushlar hamda insonlar mas’uliyatsizligidan talafot ko‘rgan me’moriy obida va inshootlar kiritiladi.

Bu galgi «qora ro‘yxat»dan Benin, Togo, Chili, Kanada, Misr, Fransiya, Angliya, Gruziya, Haiti, Hindiston, Iroq, Yaponiya, Meksika, Myanma, Mo‘g‘uliston, Nepal, Pokiston, Peru, Polsha, Ispaniya, AQSh hamda O‘zbekistondagi tarixiy ob’yektlar joy olgan.

Jahon yodgorliklarni muhofaza qilish jamg‘armasi mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, Buxoroning eski shahar qismidagi yahudiylar uylari ham yaqin muddatda yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Yo‘qolish xavfi ostidagi 10 tarixiy ob’yekt bilan tanishing.  

S.Salim tayyorladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring