Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi serialda suratga tushdi (video)

Messi serialda suratga tushdi (video)

«PSJ» futbolchisi Lionel Messi o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rdi, deb xabar berdi «Marca» nashri.

Messi Lotin Amerikasi seriali — «Himoyachilar»da epizod rolni o‘ynadi. Uning ishtirokidagi sahna suratga olib bo‘lindi, deb yozdi nashr.

Futbol yulduzi suratga tushganidan so‘ng Argentinada ushbu serialga qiziqish oshgan. Biroq Messi ishtirokidagi kadrlarni bir oz kutishga to‘g‘ri keladi, serial 2023-yilda namoyish etiladi.

«Himoyachilar» serialining ikkinchi mavsumi turli mamlakatlarda suratga olinmoqda. Serial inqirozga uchragan biznesini qutqarish uchun birlashgan uch nafar futbol agenti haqida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring