Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oramizdagi qahramonlar – ERIELL fotoko‘rgazmasi

Oramizdagi qahramonlar – ERIELL fotoko‘rgazmasi

Joriy yilning 19 mayida Tashkent City bog‘ida ERIELL Group tashabussi bilan «Oramizdagi qahramonlar» nomli ochik osmon ostidagi noyob fotoko‘rgazmasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi. Fotosur’atlar muallifi - respublika va xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan fotograf Ernest Kurtveliyev hisoblanadi.

Noyob fotoloyihaning asosiy maqsadi - jamiyat hayotida mehnatkash insonning tutgan o‘rni va ahamiyatini namoyon qilishdan iboratdir. Ko‘rgazmada 40 dan ortiq fotosur’atlar joy olgan bo‘lib, ular og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan, chidamlilik, sabr-toqat va qat’iyatlilikni talab qiladigan kasblar mutaxassislarining ishini tasvirlab beradi. Ushbu timsollarni yaratish uchun fotograf O‘zbekistonning turli mintaqalari - Farg‘ona vodiysidan to Orol dengizi hududigacha bo‘lgan joylarda ijodiy ekspeditsiyalarni tashkil qildi.

ERIELL Group loyihasini yaratish maqsadida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Namangan viloyatidagi «Mingbuloq» koni, Qashqadaryo viloyatidagi neft va gaz konlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Tebinbuloq» temir rudasi koni, shuningdek, Orol dengizi shelfida ishlovchi burg‘ilash uskunalari ob’yektlarida sur’atga olish ekspeditsiyalari tashkil qilindi.

Ernest Kurtveliyevning o‘zgacha his-tuyg‘ularga to‘la asarlarini umumiy g‘oya birlashtiradi. Bu xam bo‘lsa tomoshabinga fotosuratlar to‘plamidagi har bir qahramonning individualligini yetkazish, ularning ba’zan ko‘rinmas, ammo mashaqqatli mehnati zamonaviy O‘zbekiston iqtisodiyoti va jamiyatini rivojlanishi uchun muhim va zarurligini ko‘rsatishdir.

Toshkent shahri aholisi va poytaxt mehmonlarini birinchi ochiq osmon ostidagi «Oramizdagi qahramonlar» fotoko‘rgazmasiga taklif qilamiz. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu fotoloyiha mamlakatning turli xududlari bo‘ylab sayohatini davom ettiradi.

Qo‘shimcha qilish mumkinki, ERIELL xalqaro neft konlari xizmatlari guruhi O‘zbekiston bozorida neft konlari xizmatlari bo‘yicha yetakchi hisoblanadi va jahon bozorida yuksak maqomga egadir. Guruh Markaziy va Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqdagi yetakchi neft va gaz kompaniyalari uchun quduqlarni qurish va kapital ta’mirlash xizmatlarini taqdim etadi. ERIELL kompaniyasining muvaffaqiyati eng avvalo neft va gaz qazib olishning zamonaviy texnologiyalarini doimiy ravishda rivojlantirish, turli sharoitda samarali ishlashga qodir mashina va uskunalardan foydalanishga asoslangan. Shu sababli, yangi bilimlarni o‘rganadigan, tajriba ortiradigan va turli iqlim sharoitlariga bardosh bera oladigan mutaxassislar - kompaniyaning asosiy boyligi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Ernest Kurtveliyev O‘zbekistonning eng taniqli fotosuratchilaridan biri bo‘lib, uning asarlari turli fotokitob va jurnallarda chop etilgan. Shaxsiy ko‘rgazmalari esa nafaqat O‘zbekistonda, balki chet davlatlarida xam yuqori darajada tashkil etilgan. 2017-yilda AQShning Florida shtatida o‘tkazilgan «O‘zbekiston - Markaziy Osiyoning sehrli ertagi» nomli qo‘rgazma, Bangkokdagi "The People & Nature of Uzbekistan" xalqaro ko‘rgamasi (2018 y.) shular jumlasidandir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring