Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy bilan hamkorlikda cholg‘u asboblari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Xitoy bilan hamkorlikda cholg‘u asboblari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan «Xitoy Madaniyati kunlari» doirasida Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin bilan uchrashuv tashkil etildi. Muzokaralar chog‘ida Xitoy bilan hamkorlikda zamonaviy va milliy cholg‘u asboblarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish va «Farhod va shirin» dostoni asosida badiiy loyiha yaratishga kelishib olindi.

O‘tgan yilning sentyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti doirasida «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi o‘rtasida 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan madaniy Almashinuv dasturi imzolangan edi.

Joriy yilning may oyida esa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining Pekin shahriga gastrol safari uyushtirildi. Kuni kecha poytaxtimizda «Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati» yili doirasida Xitoyning Shandun provinsiyasi va O‘zbekistonning ijtimoiy hayoti, urf-odatlari, tabiat manzaralari aks ettirilgan fotosuratlarni o‘zida jamlagan ko‘rgazma o‘z ishini boshladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring