Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-noyabrdan Toshkentda jamoat transportida yo‘lkira oshadi

1-noyabrdan Toshkentda jamoat transportida yo‘lkira oshadi

Foto: «Xabar.uz»

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi 1 noyabrdan Toshkent jamoat transportida yangi, qo‘shimcha va rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, avtobus va metroda yo‘lkira narxi oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bir turdagi jamoat transportida qatnov uchun qat’iy belgilangan yo‘l haqi naqd va bank kartalari bilan to‘lashda 2000 so‘m, ATTO transport kartasi bilan to‘lashda 1700 so‘m etib belgilandi.

“Yo‘lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansalar yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘laydilar. Bir soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba ma’lum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo‘ladi”, deyiladi “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda.

Aprel oyida transport vaziri Ilhom Mahkamov OAVga bergan intervyusida 15 maydan Toshkent shahrida jamoat transportidan foydalanishning moslashuvchan tariflari joriy etilishini, yo‘lkira narxlari o‘zgarishini ta’kidlagandi. O‘zgartirishlar O‘zbekiston prezidentining fevraldagi jamoat transporti tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan, biroq nima uchundir yangi tizimga o‘tish bahordan kuzga ko‘chirilgani ma’lum bo‘lgandi.

Bunga qadar poytaxtda jamoat transporti uchun narxlar so‘nggi marotaba 2019 yilning avgust oyida — 1200 so‘mdan 1400 so‘mgacha oshirilgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring